Celimax Retinol Shot Tightening Serum-Celimax brendining ushbu serumi terini yoshartirish, silliqlashtirish va taranglashtirish uchun mo‘ljallangan. Uning yengil va samarali formulasi tufayli muntazam foydalanishda teri tuzilishini yaxshilaydi, mayda ajinlar va pigmentatsiya belgilari kamayadi. -Asosiy xususiyatlari: 🔸 Retinol — Teri hujayralarining yangilanishini tezlashtiradi, kollagen ishlab chiqarilishini rag‘batlantiradi. Bu ajinlar, qora dog‘lar va pigmentatsiyani kamaytiradi. 🔸 9 Peptid Kompleksi — Kollagen va elastin ishlab chiqarilishini qo‘llab-quvvatlaydi. Teri qatlamlarini mustahkamlaydi, silliqlik va elastiklik beradi. 🔸 Panthenol (Provitamin B5) — Teri to‘qimalarini tiklaydi, tinchlantiradi va chuqur namlik bilan ta’minlaydi. Ayniqsa sezuvchan va quruq terilar uchun foydali. 🔸 Yengil, tez shimiluvchi tekstura — Yog‘siz, yelimlanuvchanliksiz, tez so‘riladi. Teri yuzasida og‘irlik hissi qoldirmaydi.Foydalari:✅ Ajinlar va mayda chiziqlarni kamaytiradi ✅ Teri tuzilishini yaxshilaydi ✅ Teri rangini bir hil qiladi ✅ Poralarni toraytiradi ✅ Terini namlantiradi va himoya qiladi ✅ Teri elastikligini tiklaydiQanday yuz turlari uchun mos:✔️ Normal teri ✔️ Yog‘li va aralash teri (aknega moyil bo‘lmagan) ✔️ Quruq teri (qo‘shimcha nemlatuvchi bilan birga) ✔️ Sezuvchan teri – ehtiyotkorlik bilan ishlatish lozim, haftasiga 2-3 marta boshlash tavsiya etiladi.Ishlatilish tartibi:🕗 Kechasi qo‘llash tavsiya etiladi, chunki retinol quyosh nuriga nisbatan sezgirlikni oshiradi. • Teringizni tozalang (yumshoq yuvinish geli bilan). • Toner yoki yengil essence qo‘llang (agar mavjud bo‘lsa). • Retinol Shot serumini oz miqdorda qo‘llab, yuzga mayin surting. • Namlatuvchi krem bilan yakunlang. • Ertalab SPF quyoshdan himoya kremi surting (har doim!). 📌 Eslatma: Agar ilgari retinol ishlatmagan bo‘lsangiz, dastlab haftada 2-3 marta kechki parvarishda ishlatib ko‘ring. Teringiz o‘rganganidan keyin har kuni ishlatishingiz mumkin. 🧴 Celimax Retinal Shot Tightening Booster – 15 ml Yoshartiruvchi, silliqlashtiruvchi va taranglashtiruvchi booster bo‘lib, tarkibida Retinal 0.1%, Panthenol 1.5%, va Matrixyl 3000 3% mavjud. U terining elastikligini tiklaydi, ajinlarni kamaytiradi va terini silliq qiladi. Retinal (retinaldehid) — retinolga qaraganda kuchliroq va tezroq natija beruvchi shakli bo‘lib, yoshartirish ta’sirini samaraliroq ta’minlaydi.Asosiy foydalari:✅ Ajinlarga qarshi kuchli kurashuvchi formula ✅ Teri elastikligini oshiradi ✅ Terini tiklaydi va silliqlaydi ✅ Namlikni saqlaydi va himoya qiladi ✅ Sezuvchan terilar uchun ham mos (panthenol bilan yumshatilgan formula)Qanday teri turlari uchun:✔️ Quruq, aralash, normal va hatto sezuvchan terilar uchun mos. ✔️ Erta qarish belgilari, pigmentatsiya yoki elastiklik yo‘qolishi sezilayotgan terilar uchun ayni muddao.Ishlatish tartibi: • Kechki parvarishda ishlatish tavsiya etiladi. • Yuzni tozalang va tonik qo‘llang. • Booster’dan kichik miqdorda olib, ajinli yoki muammo mavjud joylarga surting. • So‘ngra nemlatuvchi bilan yakunlang. • Ertalab SPF 30+ quyoshdan himoya kremi surish shart.

