RESUN MPQ-906 va MPQ-907 — bu tirik baliqlarni har qanday masofaga xavfsiz tashish va kislorod yetishmovchiligining oldini olish uchun mo'ljallangan professional 12 voltli havo kompressori. Avtomobil akkumulyatoriga ulanib, barqaror va kuchli havo oqimini ta'minlaydi.
Asosiy afzalliklari va xususiyatlari:
- 12V mobil manba: Avtomobil va qayiq akkumulyatoridan to'g'ridan-to'g'ri ishlaydi, yo'lda doimiy kislorod manbaini yaratadi.
- Yuqori unumdorlik: Doimiy magnitli kuchli dvigatel evaziga suvni soniyalar ichida kislorod bilan boyitadi.
- Mustahkam va chidamli korpus: Yuqori sifatli alyuminiy qotishmasidan tayyorlangan korpus issiqlikni samarali tarqatadi.
- Moylamasiz (Oil-free) texnologiya: Suvga ortiqcha yog' yoki zararli moddalar tushish xavfini butunlay yo'qotadi, baliqlar uchun havfsiz.
- Ko'p tarmoqli grebyonka: Bir nechta idish yoki sig'imga bir vaqtning o'zida havo yetkazib berish imkonini beradi.
Qo'llanilishi: Baliqlarni sig'imlarda tashish, ochiq akvariumlar, tijorat havzalari va akvakultura xo'jaliklari uchun mos keladi.