• Muallif: Pom Yu Jin
• Janri: Sehrli realizm, zamonaviy nasr
• Tili: O'zbek tilida
• Muqova: Yumshoq
• Sahifa: 232 bet
• Moon Book - bu o'zgacha olamga sayohat.
📖 «Restoran 06:06:06» — koreys yozuvchisi Pom Yu Jinning zamonaviy nasr va sehrli realizm unsurlarini uyg‘unlashtirgan iliq va ta’sirli romani.
Shaharning qaysidir burchagida g‘ayrioddiy restoran mavjud. Uning eshiklari faqat bir lahzada — soat 06:06:06 da ochiladi. Bu yerga kelgan mehmonlar oddiy taom emas, balki hayotlariga boshqacha nazar tashlash imkoniyatiga ega bo‘ladilar.
Restoran mehmonlari turli taqdir egalari. Kimdir armonlari bilan yashaydi, kimdir yo‘qotgan orzularini qidiradi, yana kimdir oldida turgan muhim tanlovdan qo‘rqadi. Sirli restoran esa ularga o‘z qalbiga quloq solish, haqiqiy istaklarini anglash va kelajak sari dadil qadam tashlash imkonini beradi.
Muallif Pom Yu Jin o‘quvchini sehr va haqiqat uyg‘unlashgan o‘ziga xos dunyoga olib kiradi. Asarda insoniy munosabatlar, umid, kechirim, o‘zini anglash va baxtni topish kabi mavzular samimiy tarzda yoritilgan. Kitob voqealaridan ko‘ra ko‘proq his-tuyg‘ular bilan esda qoladi.
Bugungi koreys adabiyotining eng mashhur yo‘nalishlaridan biri bo‘lgan healing-romanga mansub ushbu asar ruhiy hordiq chiqarishni istagan kitobxonlar uchun ajoyib tanlov hisoblanadi.
✨ Bu kitob sizga hayotga boshqa nigoh bilan qarash va ichingizdagi orzularni yana bir bor eslashga yordam beradi.
Nima uchun o‘qish kerak?
✅ Koreys bestselleri
✅ Sehrli realizm unsurlari
✅ Qalbni iliqtiruvchi hikoya
✅ Hayot va tanlovlar haqida chuqur fikrlar
✅ Yodda qoladigan qahramonlar
✅ Yengil va ravon uslub
✅ Ajoyib sovg‘a varianti

