• Erix Mariya Remark: Qarzga olingan umr
• Erix Mariya Remark: Uch og‘ayni
• Erix Mariya Remark: Lissabondagi tun
• Erix Mariya Remark: Jannatdagi soyalar
• Erix Mariya Remark: G'arbiy frontda o'zgarish yo'q
• Nashriyot: Yangi asr avlodi
• Muqova: Qattiq
Yigit sevgilisining roziligini ololmay sarson, ammo uning ozorlaridan huzur topadi. Tuzalmas xastalikka yo‘liqqan, o‘z umrining kam qolganini ham biladigan Lilianning esa ichki olami butunlay mavhum, qorong‘i.
Qiz kasallikka qasdma-qasd hayotdan zavq olib yashashga, oz bo‘lsa-da, undan o‘z ulushini olib ulgurishga intiladi-yu, biroq imkoniyati cheklangan. Qismat esa ularga butunlay boshqa narsani ravo ko‘radi.
Erix Mariya Remark: Uch og‘ayni
«Uch og‘ayni» romani rus tilida birinchi marta chop etilishi bilanoq katta shov-shuvga sabab bo‘ldi, kitob ketma-ket millionlab nusxada nashr etildi. Shunda ham talabni qondirib bo‘lmadi. Odamlar romanni bir-birlaridan so‘rab olib o‘qishga kirishdilar. Kutilmaganda rasmiy doiralar, kommunistik mafkura himoyachilarining paytavasiga qurt tushib qoldi. Ular Remarkni g‘oyasizlikda ayblab, uning ijodiga shiddat bilan tosh ota boshladilar. Hatto “remarkchilik” degan mashʼum atama ham paydo bo‘ldi. Bu sharpa O‘zbekistonga ham yetib keldi. Ayrim tanqidchi va yozuvchilarimiz, bizga Remark asarlari kerak emas, bu asarlar kommunizm qurayotgan yoshlarimizni yo‘ldan ozdiradi, deb g‘avg‘o ko‘tara boshladilar. Shu tufayli uning asarlarini o‘zbek tiliga tarjima qilishga hech kim jurʼat etmadi. Oradan qirq yil vaqt o‘tdi. Mana, nihoyat, shu kunlarga ham yetib keldik. Tarixning qudratli va qaysar charxpalagi o‘z ishini qildi... Endi, sizga taqdim etilayotgan «Uch og‘ayni» romaniga kelsak, asar qahramonlari jamiyatda biror lavozim yoki nufuzga ega bo‘lmagan “mayda” odamlar. Ammo ularning ham faylasuf olimlar va nazariyotchilarnikiga o‘xshamaydigan o‘z falsafalari va o‘z mantiqlari bor. Qizig‘i shundaki, biz ularning fikr-mulohazalari yoki xatti-harakatlariga eʼtiroz bildirolmaymiz, aksincha, asarni o‘qish jarayonida jamiyat chetga surib tashlagan bu oddiy odamlarga hurmatimiz ortib boradi.
Erix Mariya Remark: Jannatdagi soyalar
Ular Amerika deya atalmish jannatga soya kabi kirdilar. Ikkinchi jahon urushi olovida yonib qovurilgan odamlar... O‘tmishini yo‘qotib, Yevropaning turli burchaklaridan quvilgan qochqinlar... Asablari tarang go‘zallik timsoli va sharobxo‘r yozuvchi. Telba aktrisa hamda ajoyib jarroh. Qarshilikning umidsiz qahramoni va o‘tkir optimistik biznesmen. Bunday turli toifadagi insonlarni nima birlashtirib turgan bo‘lishi mumkin? Tuturiqsiz muhojirona hayotning mo‘rtligimi yoki bir kun kelib uyga qaytishning muqaddas umidi?
Erix Mariya Remark: G'arbiy frontda o'zgarish yo'q
"G'arbiy frontda o'zgarish yo'q" romani dunyo adabiyotining klassik asarlaridan biri bo‘lib, urushning bevosita ta'sirini va uning insonlar hayotiga qoldirgan izlarini chuqur ochib beradi. Bu asar urush dahshatlarini ko‘z oldiga keltiradigan va urushning salbiy oqibatlarini unutmaslikka chorlaydigan kuchli adabiy yodgorlikdir.
Erix Mariya Remark: Lissabondagi tun
"Lissabondagi tun" romani 1942 yilga, Ikkinchi Jahon urushi avjiga chiqqan davrga to‘g‘ri keladi. Roman Portugaliyaning Lissabon shahrida kechayotgan voqealarni tasvirlaydi. Asarning bosh qahramoni, ismi noma’lum bo‘lgan nemis qochqini, Gitler rejimidan qochib, Amerikaga emigratsiya qilish niyatida bo‘lgan boshqa bir qochqin bilan tanishadi. Unga Amerikaga ketish uchun zarur bo‘lgan vizalarni taklif qiladi, lekin buning evaziga bir kecha davomida o‘zining hayotiy hikoyasini tinglashni so'raydi. Shu tariqa, qahramonimizning o'tmishi va urushning vahshiyliklari haqida dramatik hikoya boshlanadi.

