Nikan xalqi chet elliklar qo‘shinidan xalos bo‘ldi. Sobiq imperator Su Datszi mag‘lubiyatga uchradi, fuqarolar urushi tugadi, Ilonbaliq esa zaharli tishlaridan mahrum bo‘ldi. Ammo Fan Runin uchun bu uzoq kutilgan g‘alaba bo‘lmadi. Ittifoqchilari unga xiyonat qilib, hayot va sha’nini kimga qarzdor ekanliklarini unutib, halok bo‘lish uchun tashlab ketishgan edi.
Ammo jasur Rinni osonlikcha yengib bo‘lmaydi. Ha, u hamma narsasidan ayrilgan edi. Faqat o‘zi uchun juda ko‘p narsadan voz kechgan kishilarga bo‘lgan ishonchini saqlab qolgandi. U hali ham Janubiy viloyatlardagi odamlarga, o‘z qishlog‘ida yashovchilarga ishonadi. Fan Runin boshidan boshlash va ishni oxiriga yetkazish uchun o‘z ildizlariga qaytishga majbur bo‘ladi.
U mushkul tanlov oldi. Biroq bu yo‘lda Rin nafaqat to‘siqlarga, balki cheksiz imkoniyatlarga ham duch keladi. Janubiy koalitsiya rahbariyatidagi yangi ittifoqchilari ayyor va ishonchsiz. Demak, o‘zi harakat qilishga majbur bo‘ladi. Qizaloq tez orada qanchalik kuchli yordam olishini xayoliga ham keltirmaydi. Axir Nikanning oddiy xalqi uni ma’buda deb e’zozlaydi va Ringa yordam berish uchun hamma narsaga tayyor.
Xalq o‘z sarkardasi ortidan ajdarholarga qarshi quvonch bilan jangga otlanmoqda. Bu safar Fan Runin albatta g‘alaba qozonadi. Ammo u nafaqat tashqi dushmanga, balki o‘zining ichki jinlariga qarshi kurashishga majbur bo‘ladi. U Feniksning ovozini tobora aniqroq eshitmoqda. Feniks o‘z maqsadiga erishish, dunyoni olov va kulga aylantirib, unga to‘liq egalik qilishni istaydi.

