Bu xitoylik amerikalik mashhur yozuvchi Rebekka Kuangning "Ko‘knori urushlari" jangovar fantaziya siklining ikkinchi kitobidir.
Uchinchi ko‘knori urushi tugaganidan so‘ng jangchi-shaman Rin yashirinib yuribdi. U urushga chek qo‘yish uchun Mugen orolini qurbon qilishga majbur bo‘ldi, ammo bu ishning asl sababini hamma ham tushunishga tayyor emas. Bundan tashqari, afyunga ruju qo‘ygan Rinni qasoskor olov xudosi Feniksning xabarchilari - qotillar ta’qib qilmoqda.
Ajdaho viloyati noibi va Yin respublikasi rahbari Vayshra Ringa imperiyani ashaddiy dushmanlariga sotishga tayyor turgan Nikan hukmdori Su Datsini yo‘q qilishni buyuradi. Rin uchun Nikanni zabt etish, Ilonni taxtdan ag‘darish va yangi Respublika barpo etishdan boshqa chora qolmaydi.
Biroq imperator Rin o‘ylaganidan ham xavfliroq raqib bo‘lib chiqadi, noibning maqsadlari esa aslida olijanoblik va adolatdan yiroq ekan. Rin qanchalik ko‘p ma’lumotga ega bo‘lsa, oxiri ko‘rinmaydigan adovatga shunchalik chuqurroq botib boradi. Ammo urush - uning tabiati. U o‘z yurtiga va qasos olish yo‘lida hech narsadan qaytmasligi mumkin emas.

