Tavsif
Metall burun qismi va po‘latdan yasalgan teshilishga qarshi stelkaga ega bo‘lgan klassik S3 himoya etiklari (sapogilari) og‘ir sharoitlarda ishlashda oyoq kaftini ishonchli himoya qiladi. Ikki qatlamli poliuretandan (PU/PU) tayyorlangan taglik moylarga, sirpanishga va yedirilishga (ishqalanishga) chidamli bo‘lib, uzoq vaqt kiyganda ham qulaylik va xavfsizlikni ta’minlaydi. Ustki qismi suv o‘tkazmaydigan spilok charmdan ishlangan, havo o‘tkazuvchan poliester-to‘rdan tayyorlangan ichki astari esa poyabzal ichida optimal mikroiqlimni saqlaydi. Burun qismidagi mustahkam va qalin qoplama poyabzal yuzasini vaqtidan oldin yedirilishdan himoya qiladi. Ushbu model qurilish, sanoat va boshqa og‘ir sohalarda foydalanish uchun juda mos keladi.
Materiallar
- Burun qismi (podnosok): po‘lat
- Teshilishga qarshi stelka: po‘lat
- Ustki qismi: spilok charm, suv o‘tkazmaydigan
- Tagligi: ikki qatlamli poliuretan (PU/PU)
- Astari: havo o‘tkazuvchan poliester-to‘r
Standartlar
- EN ISO 20345 (S3 FO SR SC)
Xususiyatlari
- Og‘ir ekspluatatsiya sharoitlari uchun mustahkam va barqaror konstruksiya
- Metall himoya burun qismi (200 J gacha)
- O‘tkir buyumlardan himoyalanish uchun po‘lat teshilishga qarshi stelka
- Taglik moylar, yoqilg‘i va abrazivlar (ishqalanish) ta’siriga chidamli
- Suv o‘tkazmaslik va namlik shimilishidan himoya (WPA)
- Antistatik xususiyatlar (A)
- Tovon qismida amortizatsiya (E)
- Yuzalar bilan a’lo darajada yopishish (SR)
- Xizmat muddatini uzaytirish uchun burun qismida mustahkamlangan qoplama
- Katta o‘lchamlarda ham ishlab chiqariladi — 50-o‘lchamgacha
Qo‘llanish sohalari
- Qurilish va muhandislik ishlari
- Og‘ir va tog‘-kon sanoati
- Metallga ishlov berish va mashinasozlik
- Qishloq va omon xo‘jaligi (o‘rmonchilik)
- Avtomobilsozlik tarmog‘i
- Transport va logistika