• ISBN: 978-9943-8495-8-7
• Muallif: Abdulaziz Usmon
• Nashriyot: «Hilol-Nashr» nashriyot-matbaasi
• Sana: 2022 yil (2019, 2021)
• Muqovasi: yumshoq
• Alifbosi: kirill
• Tili: o'zbek
• 128 bet
• O‘lchami: 13.5*21.0 sm
«Rasululloh sollallohu alayhi vasallamning bir kunlari»
Har bir davrda ko‘plab yozuvchilar Rasululloh sollallohu alayhi vasallamning siyratlariga oid turli hajmdagi kitoblar yozishgan. Bu xizmat hamon davom etib kelmoqda, ulkan ilm ummonidan qimmatbaho durlar topilmoqda. Bundan keyin ham to qiyomat qadar siyratni o‘rganish davom etadi va yangi-yangi bilimlar kashf qilinadi, inshaalloh.
Ushbu mavzudagi navbatdagi tuhfalardan biri Abdulaziz Usmon muallifligidagi «Rasululloh sollallohu alayhi vasallamning bir kunlari» nomli kitob bo‘ldi. Unda Payg‘ambarimiz alayhissalomning odatdagi kun tartiblari bayon qilib berilgan. Kitobning yozilish uslubi yengil bo‘lib, o‘quvchining tushunishi, eslab qolishi oson bo‘lishiga e’tibor berilgan. Shu bilan birga, oyat va hadislardan dalillar keltirilgani kitobning ilmiy qadrini belgilaydi.
Ushbu kitob hurmatli kitobxonlarimizning qo‘llariga yetib borib, ularning qalbidan joy olgan kitoblardan biri bo‘lishiga umid qilamiz.
Mundarija
So‘zboshi
Tong nurlari
Nabaviy tong
Nabaviy suhbat zavqi
Rasululloh sollallohu alayhi vasallamning ziyoratlari
Qaylula vaqti
Quboga
Peshin namozi
Rasululloh sollallohu alayhi vasallam odamlar orasida
Asr namozi
Oilaviy nafaqalari
Quyosh botgach
Xufton namozi
Rusulullohning tunlari
Rasululloh tunning yarmida
Tun sukunati
Sahardagi qisqa uyqu
Rasululloh sollallohu alayhi vasallamning umumiy xislatlari
Bag‘rikengliklari
Kamtarliklari
Saxovatlari
Shijoat va jasurliklari
Xulosa o‘rnida
Foydalanilgan adabiyotlar ro‘yxati

