O‘n yillikning eng katta bestselleri muallifi sizni yana bir sirli kodni — butun dunyo uchun jiddiy xavf tug‘diruvchi o‘ta murakkab bir topishmoqni — ochishga chorlaydi!
Ammo... bu kodni kim yaratgan?
Ularning maqsadi nima?
Nima uchun ular AQSh Milliy xavfsizlik agentligiga qarshi shafqatsiz o‘yin boshladilar?
Bu sirli dushmanning quroli — shunchaki belgilar va harflar ketma-ketligidan iborat.
AQShning yetakchi kriptografi Syuzan Fletcher ushbu kodni ochish vazifasini o‘z zimmasiga oladi.
Uning kashf etgan narsalari nafaqat AQShning muhim razvedka loyihalarini, balki millionlab insonlar hayotini ham xavf ostiga qo‘yadi...
Ana shu lahzadan boshlab Syuzan uchun o‘limga olib boruvchi ta’qib boshlanadi...

