ARTERY raqamlar bo‘yicha rasm 40x50 sm — uyda o‘z qo‘lingiz bilan chiroyli rasm yaratish uchun tayyor ijodiy to‘plam. Oldin rasm chizmagan bo‘lsangiz ham muammo emas. Holstga kontur va raqamlar oldindan tushirilgan, akril bo‘yoq bankachalarida ham mos raqamlar bor. Kerakli raqamni topasiz, mos rangni olasiz va asta-sekin bo‘yab chiqasiz.
Bunday raqamli raskraska kattalar, o‘smirlar va yangi boshlayotganlar uchun mos. Ishdan yoki o‘qishdan keyin dam olish, telefondan biroz uzoqlashish va vaqtni maroqli o‘tkazish uchun yaxshi hobbi. Oxirida esa o‘z qo‘lingiz bilan tayyorlagan chiroyli rasm qoladi.
Kayfiyatingizga mos syujetni tanlang
Kartochkada tabiat va natyurmort mavzusidagi turli xil rasmlar bor. Mevalar va rezavorlar, limon, anor, uzum, gullar va lavanda, dengiz va O‘rta yer dengizi uslubidagi manzaralar, kuzgi kompozitsiyalar, shinam oshxona va interyerlar, kofe, choy, desertlar, idishlar, kitoblar va vintage detallar orasidan yoqqan variantni tanlashingiz mumkin.
Yorqin rangli kartina ham, sokin va iliq ranglardagi variant ham bor. Shu sababli bu kartina po nomeram o‘zingiz uchun hobbi sifatida ham, yaqin inson uchun sovg‘a sifatida ham mos keladi.
• Syujetlar tanlovi katta — tabiat, mevalar, rezavorlar, gullar, dengiz va natyurmortlar
• Tayyor to‘plam — holst, akril bo‘yoqlar, cho‘tkalar, ilgaklar va quti
• Holst podramnikka oldindan tortilgan, rasm o‘lchami — 40×50 sm
• Chizish oson — ilgari rasm chizmagan odam ham bemalol boshlaydi
• Dam olishga, fikrni chalg‘itishga va gadjetlardan uzoqlashishga yordam beradi
• Tayyor rasmni interyerga osish yoki sovg‘a qilish mumkin
To‘plam ichida:
• Kontur va raqamlar tushirilgan, podramnikka tortilgan 40×50 sm holst
• Tanlangan syujetga mos raqamlangan akril bo‘yoqlar
• Rasm chizish uchun cho‘tkalar to‘plami
• Tayyor kartinani devorga osish uchun ilgaklar
• Mustahkam qadoq qutisi
Chizishni boshlash uchun faqat suv solingan idish kerak bo‘ladi. Qolgan asosiy narsalarning hammasi komplekt ichida bor.

