Range Rover radioboshqaruvli o‘yinchoq mashina — bu 40 sm hajmdagi katta va chiroyli ko‘rinishga ega yo‘ltanlamas modeli bo‘lib, o‘zining realistik dizayni va chiroyli ko‘rinishi bilan darhol e’tiborni tortadi.
Mashina haqiqiy Range Rover uslubida ishlab chiqarilgan:
detallarga boy kuzov, katta g‘ildiraklar va harakat vaqtida yonadigan LED faralar bilan jihozlangan. Katta hajmi va mustahkam korpusi sababli juda sifatli va qimmat ko‘rinadi.
Qulay boshqaruv pulti yordamida:
• oldinga yuradi
• orqaga yuradi
• chapga va o‘ngga buriladi
• boshqaruvi juda qulay
Bu model bolalar uchun ham, avtomobil modelini yoqtiradiganlar uchun ham ajoyib sovg‘a bo‘ladi.
⚠️ MUHIM: agar mashina ishlamasa yoki noto‘g‘ri ishlasa, iltimos batareykalarni yangisiga almashtiring. Komplektdagi batareykalar uzoq yetkazib berish sababli quvvati kamaygan bo‘lishi mumkin.
Afzalliklari:
• Katta hajm — 40 sm
• Yonuvchi LED faralar
• Radioboshqaruv
• Mustahkam korpus
• Realistik Range Rover dizayni
• Batareykalar komplektda
• Qutidan chiqarib darhol o‘ynash mumkin
Komplekt ichida:
• Range Rover mashinasi
• Boshqaruv pulti
• Mashina uchun 6 ta AA batareyka
• Pult uchun 1 ta 9V batareyka

