500 ml hajmli soch uchun tus beruvchi balzam — soch rangini yangilash, unga jilo va yumshoqlik bag‘ishlashni istaganlar uchun ideal yechimdir. Sariqlikni yo‘qotuvchi (anti-sariq) balzam har xil turdagi va tusdagi sochlar, jumladan platina, kulrang (pepelnaya) va durrang (jemchug) blond uchun universal bo‘lib, rangsizlantirilgan hamda oqargan sochlar uchun ham juda mos keladi.
Binafsha pigmentlar tarkibi tufayli vosita sariq tusni neytrallashtiradi va bo‘yalgan sochlarning to‘yingan och rangini saqlab turadi. O‘zining noyob formulasi evaziga balzam sochlar bo‘ylab teng taqsimlanadi, chidamli va boy rangni ta‘minlaydi hamda sochni tonlash (tonirovka) vazifasini bajaradi. U barcha turdagi sochlar uchun mos va tarkibida ammiak bo‘lmagani sababli foydalanish uchun mutlaqo xavfsizdir.
Soch uchun tus beruvchi balzam yordamida siz sochlaringizga yorqinlik va jilo bag‘ishlagan holda o‘z imidjingizni osongina va tez o‘zgartira olasiz. To‘yingan formula blond sochlarning holatini yaxshilaydi, sochlarning mo‘rtligi hamda hurpayib ketishiga qarshi ta'sir ko‘rsatadi va bo‘yash jarayonida sochni shikastlanishdan ҳimoya qiladi.

