Premium rahbar kreslosi – qulaylik va mustahkamlik bir joyda
Og'ir yuklamaga chidamli kreslo. Temir karkas va xrom oyoq uzoq yillar xizmat qiladi, baland suyanchiq esa kun bo'yi bel va bo'yinni qo'llab-quvvatlaydi.
Asosiy xususiyatlari:
• Qoplama: sifatli eko-charm (eko-koja) – yumshoq, oson tozalanadi
• Karkas: mustahkam temir
• Gaz lift: 4-klass – balandlik silliq va xavfsiz sozlanadi
• Krestovina: xromlangan temir
• G'ildiraklar: neylon, tovushsiz, polni tirnamaydi
• Suyanchiq: baland, ergonomik – bel, yelka va bo'yinni qo'llab-quvvatlaydi
• O'rindiq va tirsak tayanchlari: yumshoq
• Maksimal yuklama: 150 kg gacha
• Balandligi sozlanadi, 360° aylanadi
Kimlar uchun: rahbarlar, katta gavdali foydalanuvchilar, ofis va uy kabineti.
Kafolat: 2 yil.

