Qo'llash sohasi: har qanday kuchlanishga mo'ljallangan klavishali elektr viklyuchatellari (nol fazasi bor-yo'qligidan qat'iy nazar) va umuman, barmoq bilan bosishga mo'ljallangan turli xil jihozlarni qisqa (50 metrgacha) va uzoq (500-1000 metrgacha) masofaga mo'ljallangan radio-pultlardan boshqarish mumkin.
Xarid qilish uchun to'plamlar tarkibi:
Standart toplam: barmoq-robot, barmoq-robot tutqichi, 2 xil shakldagi nasadka ("barmoq"), Type-C turidagi zaryadlash USB-kabeli, ikki tomonlama skotch, quvvatlanadigan ichki akkumulyator batareyasi. Ushbu to'plamga radioboshqaruvli pult yoki viklyuchatellar kirmaydi, lekin ularni alohida xarid qilish mumkin. Bundan tashqari, barmoq-robotdan mexanik viklyuchatelni shunchaki undagi tugma yordamida boshqarish maqsadida ham foydalanish mumkin.
Qisqa masofali to'plam: standart to'plamdagi barcha qismlar va tabletkasimon bir tugmali pult. Boshqaruv masofasi - ochiq hududda 50 metrgacha.
Uzoq masofali to'plam: standart to'plamdagi barcha qismlar va tashqi antennali bir tugmali pult. Boshqaruv masofasi - ochiq hududda 1 km gacha.
Bundan tashqari, barmoq-robotni RF 433.92 MGs diapazonida ishlaydigan turli xil boshqa pultlardan ham boshqarish mumkin, bunday holda boshqaruv masofasi faqat pultning imkoniyatlari bilan cheklanadi!


