Quyosh paneli bilan zaryadlanadigan proyektor (pult bilan) 45W / 65W / 100W
Ushbu tashqi LED-proyektor hovli, uy, garaj, dala hovli yoki avtoturargohni yoritish uchun mo‘ljallangan. Qurilma elektr tarmoqlariga ulanmasdan, quyosh paneli orqali ishlaydi.
Proyektor akkumulyator va quyosh panelidan quvvat olgani uchun yorug‘lik darajasi energiyani tejaydigan va uzoq ishlashga moslangan. Kirish yo‘lagi, darvoza, hovli, yo‘lak va xo‘jalik hududlarini yoritish uchun qulay.
⚙️ Texnik xususiyatlari:
Nominat quvvat: 45W / 65W / 100W
Ko‘rsatilgan quvvat — bu model belgisi. Qurilma quyosh energiyasida ishlagani sababli uning haqiqiy yorug‘ligi tarmoqdan ishlaydigan xuddi shunday quvvatdagi lampalarga qaraganda yumshoqroq (pastroq) bo‘lishi mumkin.
Quvvat manbai: quyosh paneli
Avtonom ishlash vaqti: 6–8 soatgacha (yaxshi quyoshda zaryadlanganda)
Himoya darajasi: IP67 — suv va changdan himoyalangan
Boshqaruv: masofadan boshqarish pulti
Kechasi avtomatik yoqilish
Kunning o‘zida zaryadlanib, kechasi ishlaydigan ichki akkumulyator
✨ Afzalliklari:
Elektr tarmog‘iga ulash shart emas
Istalgan joyga o‘rnatish mumkin
Elektr energiyasini tejaydi
Hovli va uchastka uchun qulay oq yorug‘lik
📌 Xaridorlar uchun eslatma:
Eng yaxshi natija uchun proyektorga to‘g‘ridan-to‘g‘ri quyosh nuri tushishi kerak. Bulutli ob-havo va qish mavsumida zaryadlanish sekinlashadi — natijada yorug‘lik darajasi va ishlash vaqti kamayishi mumkin.
📦 To‘plam tarkibi:
Projektor
Quyosh paneli
Masofadan boshqarish pulti
O‘rnatish uchun moslamalar

