Qushlar tasbih aytganda
Havoda uchuvchi qanotli jonzotlarni arab tilida "toir", deyiladi. "Soffot" esa keng yoyilgan, deganidir. Arablar ipga tizib quritilgan go‘shtni shunday nomlashgan. Qushlar havoda qanotlarini yoyib, Yaratgan Rabbisini zikr etadi. Alloh taolo ularga ham duo qilishni, tasbeh aytishni bildirdi. Ularni shunga ilhomlantirdi va ular qachon va qaysi vaqtda Robbisiga nima deyishni ham bilishadi.
Abu Sobit rahmatullohi alayh aytadi: "Men Abu Jaʼfar Boqir bilan birga o‘tirgan edim. U zot menga dedi: Bu qushlar quyoshning botish va chiqish paytlarida nima deyishayotganini bilasizmi?" Men: "Io‘q, bilmayman", dedim. U zot: "Ular Robbilarini ulug‘layapti, bugungi kunga Undan kuch-quvvat so‘rayapti", dedilar.
Islomda yoshlar tarbiyasi
So‘nggi yillarda yurtimizda kechayotgan yangilanishlar va keng ko‘lamli islohotlar jarayoni xalqimizning barcha qatlamlarini, jumladan, yoshlarni ham qamrab oladi. Zotan, mamlakatning ertasi aynan bugunning chambarchas bog‘liqdir. Shuni ham alohida qayd etib o‘tish joizki, yoshlarning jamiyatda tutgan muhim o‘rnini his etgan holda, ularning hayotidagi muammolarga, yoshlar to‘qnash keladigan murakkab vaziyatlarga nisbatan amaliy va ilmiy-maʼrifiy ko‘mak berish har birimizning masʼuliyatli vazifamiz hisoblanadi. Shu bilan birga, Islom ummatining kelajakda qay holda maydonga kelishi ham aynan o‘sib-ulg‘ayib, katta hayotga qadam bosayotgan navqiron avlodga bog‘liq bo‘lib, bu jihat masalning dolzarbligini yana-da oshiradi.
Islom aqidasi
Islom aqidasi" kitobida Islom dini asoslari, aqida va imon masalalari jamlangan, inson qaysi yo‘ldan yursa, eʼtiqodi to‘g‘ri bo‘lishi, Alloh roziligini topib, jannatga kirishi bayon etilgan. Bu kitob o‘zining qisqa, lo‘nda uslubi, muhim masalalarni qamragani bilan o‘quvchi eʼtiborini tortadi. Mavzu oxirida savol-javoblar berilishi o‘rganilgan maʼlumotlarni mustahkamlaydi, ochilmay qolgan jihatlarni anglashga ko‘maklashadi.
Umid qilamiz, muhtaram o‘quvchilar bu kitobdan ko‘p manfaat oladilar, Islom aqidasi masalalarini yaxshiroq tushunishga erishadilar.
Ibratli xonadon
Insoniyatning nikoh orqali oila qurishini, xalqimiz nikoh shartnomasini muqaddas sanab, oila qurib, zurriyotsiz qoldirishni tasavvur ham qilolmasligini tilga olgan Allohga hamdlar bo‘lsin. Ko‘rinib turibdiki, Qur’oni Karim oyatlaridagi nikohga da’vatlar, sevimli payg‘ambarimiz Muhammad sollallohu alayhi vasallamning sunnatlari, asrlar davomida ulamolarimizning nikoh to‘g‘risida bergan fatvolari va tobe’lar. oilani boshqarish, farzand tarbiyasida boshqalarga o‘rnak bo‘lgan xalqimizning ana shunday darajaga yetishida muhim omil bo‘ldi. Ushbu aniq xulosani aqlingiz oson anglab yetishi uchun Qur’oni Karimdan bir oyat, hadis va ulamolarimizdan kelgan fatvoni e’tiboringizga havola etmoqchimiz.
Muallif: Rahmatulla Saifuddinov
Sarlavha: "Namunali uy"
Nashriyot: “HILOL NASHR” nashriyoti
Hajmi: 96 sahifa.
Sana: 2019 yil
ISBN: 978-9943-5775-7-2.
Hajmi: 84×108 1/32
Qopqoq: yumshoq

