Repyey moyining sochlar uchun foydasi barchaga ma'lum. Sochlarning tabiiy go‘zalligi va sog‘lom ko‘rinishini tiklash uchun mustahkamlovchi repyey balzamidan foydalaning. U ayniqsa shikastlangan va bo‘yalgan sochlarni parvarish qilish uchun yaratilgan.
Repyey moyi soch ildizlarini mustahkamlaydi, ularni oziqlantiradi va tarashni osonlashtiradi. Agar sochlaringiz shikastlangan bo‘lsa, bu balzam aynan siz uchun. Repyey moyi tarkibidagi vitaminlar va yog‘ kislotalari bo‘yalgan hamda zaiflashgan sochlarni tiklashga yordam beradi.
Kameliya moyi sochlarga silliqlik va tabiiy yaltiroqlik baxsh etadi. Arnika ekstrakti sochlarni sog‘lomlashtiradi va tashqi ta'sirlardan himoya qiladi. Qizilmiya ildizi esa sochlarning sinishini kamaytirishga yordam beradi.
Repyey balzami shikastlangan sochlarga kuch va tabiiy jiloni qaytaradi, bo‘yalgan sochlarning esa sog‘lom, silliq va parvarishlangan ko‘rinishini saqlashga yordam beradi.
Qo‘llash usuli:
Balzamni toza va nam sochlarga surting, butun uzunligi bo‘ylab bir tekis taqsimlang. 2–3 daqiqa kuting, so‘ng iliq suv bilan yaxshilab yuvib tashlang.
Barcha turdagi sochlar uchun oilaviy balzam "Kedr va moychechak bilan kundalik parvarish"
"Retsepti Babushki Agafyi", "Sibir tabobati", 500 ml
"Kedr va moychechak bilan kundalik parvarish" balzami butun oila uchun mos bo‘lib, barcha turdagi sochlarni parvarish qilish uchun yaratilgan. U tabiatning soch go‘zalligi va salomatligi uchun eng foydali tabiiy komponentlarini o‘zida mujassam etgan.
Kedr yong‘og‘i moyi va Sibir kedri gidrolati sochlarning sinishini kamaytirishga, ularni tiklash va mustahkamlashga yordam beradi. Shuningdek, sochlarni oson tarash, silliqlik va yumshoqlik baxsh etadi.
Moychechak moyi sochlarni mustahkamlaydi va ularga tabiiy yaltiroqlik beradi. Qichitqi o‘t va ko‘k gulsafsar (vasilyok) ekstraktlari esa sochlarning qalinroq ko‘rinishiga yordam beradi hamda uzoq davom etadigan tozalik va tetiklik hissini ta'minlaydi.
Ushbu balzamdan har kuni foydalaning — shunda butun oilangizning sochlari sog‘lom, kuchli, silliq va chiroyli bo‘ladi.
Qo‘llash usuli:
Balzamni toza va nam sochlarga surting, butun uzunligi bo‘ylab bir tekis taqsimlang. 2–3 daqiqa kuting, so‘ng iliq suv bilan yaxshilab yuvib tashlang.
Quruq va mo‘rt sochlar uchun tuxumli balzam "Oziqlantirish va tiklash"
"Retsepti Babushki Agafyi", "Sibir tabobati", 500 ml
Quruq va mo‘rt sochlarni tiklashda sinalgan tabiiy vositalar — tuxum sarig‘i va tabiiy moylar katta yordam beradi. Aynan shu foydali komponentlar "Oziqlantirish va tiklash" tuxumli balzami tarkibida mujassam.
Tuxum sarig‘i sochlarda namlikni saqlashga yordam beradi, ularni oson tarashni ta’minlaydi hamda yumshoqlik baxsh etadi.
Oblepixa moyi sochlarni vitaminlar bilan oziqlantiradi, ularga tabiiy yaltiroqlik va sog‘lom ko‘rinish beradi.
Oq tol po‘stlog‘i ekstrakti sochlarni mustahkamlaydi, Sibir amaranti esa mo‘rt va shikastlangan sochlarni tiklashga yordam beradi, ularning qurib qolishining oldini oladi hamda tabiiy jiloni qaytaradi.
Shampundan keyin tuxumli balzamni muntazam qo‘llang. Tez orada uning samaradorligini sezasiz — quruq va mo‘rt sochlar yanada mustahkam, elastik, ipakdek silliq va yorqin bo‘lib qoladi.
Qo‘llash usuli:
Balzamni toza va nam sochlarga surting, butun uzunligi bo‘ylab bir tekis taqsimlang. 2–3 daqiqa kuting, so‘ng iliq suv bilan yaxshilab yuvib tashlang.
Yupqa va zaif sochlar uchun javdarli balzam "Hajm va kuch"
"Retsepti Babushki Agafyi", "Sibir tabobati", 500 ml
Yupqa sochlarning asosiy muammosi — ularga tabiiy hajm yetishmasligidir. Hajmsiz soch turmagi qanchalik chiroyli qilib turmaklanmasin, baribir to‘laqonli va jozibador ko‘rinmaydi.
"Hajm va kuch" javdarli balzami javdar va achitqi ekstraktlari asosida yaratilgan. Bu tabiiy komponentlar qadimdan soch salomatligini saqlash uchun qo‘llanib kelinadi.
Javdar ekstrakti sochlarga ularni og‘irlashtirmagan holda tabiiy hajm va elastiklik beradi, tarashni osonlashtiradi hamda butun uzunligi bo‘ylab soch tolalarini qalinroq ko‘rsatishga yordam beradi.
Achitqi ekstrakti sochlarni oziqlantiradi va ularning sog‘lom o‘sishini qo‘llab-quvvatlaydi. Shilvi (jimolost) ekstrakti sochlarni yumshatadi, devyasil ekstrakti ularni mustahkamlaydi, olma sirkasi esa tabiiy yaltiroqlik baxsh etadi.
Ushbu javdarli balzamdan har kuni foydalaning va kuchli, hajmli hamda qalin ko‘rinadigan sochlardan zavqlaning.
Qo‘llash usuli:
Balzamni toza va nam sochlarga surting, butun uzunligi bo‘ylab bir tekis taqsimlang. 2–3 daqiqa kuting, so‘ng iliq suv bilan yaxshilab yuvib tashlang.

