• Chiqarilish shakli: bloklar, briketlar
• Rangi: oq
• Hidi: yo‘q
• Holati: qattiq sovutuvchi mahsulot
• Qo‘llanilishi: sovutish, tashish (transportirovka), maxsus effektlar (tutun hosil qilish)
• Harorati: taxminan −79°C
Quruq muz (qattiq karbonat angidrid CO₂) bu −79°C haroratga ega bo‘lgan sovutuvchi mahsulot bo‘lib, oziq-ovqat mahsulotlarini saqlash, tashish va turli maxsus effektlar yaratishda keng qo‘llaniladi. Oddiy muzdan farqli ravishda u erimaydi, balki to‘g‘ridan-to‘g‘ri gaz holatiga o‘tadi, shu sababli suv qoldirmaydi va mahsulotlarni quruq holda sovutib turadi.
Quruq muz restoranlar, kafe va catering xizmatlarida ovqatlarni sovuq holda saqlashda, shuningdek to‘y va tadbirlarda sahna effektlari - tutun effektini yaratishda juda mashhur. Bundan tashqari, u logistika, farmatsevtika, laboratoriya ishlari hamda mahsulotlarni uzoq masofaga tashishda ham keng foydalaniladi.
Mahsulotimiz yuqori sifatli CO₂ dan ishlab chiqariladi va blok va briket ko‘rinishlarida taqdim etiladi. Kuchli sovutish xususiyati tufayli mahsulotlarning yangiligini uzoq vaqt saqlashga yordam beradi.

