Qur’oni Karim mustahkam nur, rahmat, hidoyat, mo‘minlarga shifo va najot manbaidir.
Ushbu kitobda arab tilini bilmaydigan, undan tahsil olishda qiynalayotgan ko‘pchilik yurtdoshlarimiz iltimosi, ayniqsa, keksa doda va buvilarimiz talablariga binoan Qur’oni karimdan ba’zi suralarni kirill alifbosida imkon qadar tajvid qoidalariga muvofiq holda berildi. Shuningdek, ayrim suralarning ma’no tarjimalari va fazilati bayon qilindi.

