Haq taoloning Kalomini ŭqish, unga amal qilish har bir musulmonga farz va sharafdir. Musʼhafi sharifning ushbu usmoniĭ nusxasida harflar tajvid qoidalariga asosan alohida-alohida ranglar vositasida berilgan. Bu esa Allohning Kalomini ŭqish davomida kishining qiroatiga yengillik baxsh etadi. Kitob tŭrt xil rangda chop etilgan bŭlib, muqovasi teridan ishlangan va tashqi taʼsirlarga bir muncha chidamlidir.
Alloh taolo Qurʼoni Karimda “Iqro” (“Ŭqi”) deya marhamat qiladi. Binobarin, muqaddas dinimizning Kitobi tilovat qilingan har bir xonadon nurga va faĭzu barakaga tŭladi, inshaalloh.

