KANGDA KD-1033L idish quritgich oshxonada idishlarni tartibli joylashtirish va quritish uchun mo‘ljallangan 3 qavatli sushilka hisoblanadi. Model oltin rangli metall konstruksiyaga ega bo‘lib, bir nechta bo‘limlar bilan qulay foydalanishni ta’minlaydi. Yuqori qavatida likopcha va tarelkalarni tik joylashtirish uchun maxsus panjara bor. O‘rta qavat kosa, piyola, stakan va mayda oshxona buyumlari uchun mos. Pastki qismi qo‘shimcha saqlash va quritish maydoni sifatida xizmat qiladi. Chap yon tomonida stakanlar uchun osma tutqichlar, o‘ng tomonda esa qoshiq-vilka uchun savatcha mavjud. Pastki oq taglik suv tomchilarini yig‘ishga yordam beradi.
Bu model idish tovoqlar uchun sushilka sifatida kundalik foydalanishga mos

