Har kuni quymoqlar, dengiz shabadasi va baxtga umid hidi anqib turadigan shinam qirg‘oq bo‘yidagi shaharcha - Dream Harborga xush kelibsiz.
Butun dunyoga mashhur oshpaz Archer Ber Dream Harborga ko‘chib o‘tishni rejalashtirmagan va u yerda quymoq do‘konini ochmoqchi emasdi. Ammo uning hayoti o‘zgaradi: advokatning qo‘ng‘irog‘idan so‘ng Archer besh yoshli qizi borligini va endi uni yolg‘iz o‘zi tarbiyalashi kerakligini bilib qoladi.
Enagalik Ayris Freyzer uchun navbatdagi vaqtinchalik to‘xtash joyi bo‘lishi kerak edi. Faqat hammasi reja bo‘yicha ketmayapti: uning qattiqqo‘l va asabiy xo‘jayini haddan tashqari jozibali bo‘lib chiqadi, ular esa bir tom ostida yashashlariga to‘g‘ri keladi...
Qat’iy kasbiy munosabatlarni saqlab qolish oson, shunday emasmi?

