KZ EDX Pro X — Musiqa va o'yinlar uchun mukammal professional quloqchinlar
Sifatli ovoz va qulaylikni qadrlovchilar uchun ideal tanlov! KZ EDX Pro X — bu afsonaviy EDX seriyasining yangilangan va takomillashtirilgan versiyasi bo'lib, o'zining kuchli basslari va tiniq ovozi bilan ajralib turadi. Ushbu In-Ear Monitor (IEM) quloqchinlari ham kundalik musiqa tinglash, ham professional geyming uchun birdek mos keladi.
Nima uchun aynan KZ EDX Pro X ni tanlash kerak?
- Yangilangan Dinamik Drayver: Kengaytirilgan chastota diapazoni tufayli musiqadagi har bir instrument alohida va tiniq eshitiladi. Chuqur basslar esa musiqaga o'zgacha fayz bag'ishlaydi.
- Geymerlar uchun ustunlik: Ovozning yuqori detallashuvi PUBG, CS:GO kabi o'yinlarda dushman qadamlari va otishmalar yo'nalishini aniq eshitish imkonini beradi. Siz har doim bir qadam oldinda bo'lasiz!
- Mikrofon haqida:
- Mikrofon kundalik qo‘ng‘iroqlar, Telegram/Discord suhbatlari va o‘yinlardagi ovozli chat uchun mo‘ljallangan. Mikrofon og‘izga yaqinroq joylashganda ovozni aniqroq va balandroq qabul qiladi. Mikrofonni bo‘yin atrofida uzoqroq tutganda ovoz balandligi pasayishi mumkin.
- Eslatma: Bu modeldagi mikrofon kundalik foydalanish uchun mo‘ljallangan budget mikrofon bo‘lib, professional gaming headset yoki alohida mikrofon darajasidagi sifatni va’da qilmaydi.
- Mukammal qulaylik (Ergonomika): Quloqchinlar inson qulog'ining anatomik shakliga moslab ishlangan. Ular quloqqa mahkam va qulay o'tiradi, uzoq vaqt taqqanda ham hech qanday og'riq yoki noqulaylik tug'dirmaydi.
- Shovqinni passiv to'sish: Quloq ichiga to'g'ri joylashishi hisobiga tashqi shovqinlar tabiiy ravishda kamayadi va sizni musiqadan hech narsa chalg'itmaydi.
- Yechiladigan va ishonchli sim: 2-pinli (0.75mm) standart ulagich quloqchinlarning ishlash muddatini uzaytiradi. Zarurat tug'ilganda simni osongina almashtirish yoki quloqchinlarga Bluetooth modul ulash mumkin.
- Universal ulanish: Standart 3.5 mm vilkasi (shteker) barcha turdagi smartfonlar, kompyuterlar va pleyerlarga mos keladi.
To'plam ichida nimalar bor? Xaridingiz to'liq kafolatlangan va qadoq ichida sizga kerakli barcha narsa mavjud:
- KZ EDX Pro X quloqchinlari (o'ng va chap).
- Sifatli, yechiladigan quloqchin simi.
- Foydalanuvchi qo'llanmasi.
- Texnik xususiyatlari:
- Model: KZ EDX Pro X
- Quloqchin turi: Quloq ichiga kiruvchi (Vakuumli / IEM)
- Sezgirlik: 112 dB
- Qarshilik (Impedans): 23.5 Om
- Chastota diapazoni: 20 - 40000 Gts
- Ulagich (Shteker): 3.5 mm (standart)
- Kabel uzunligi: 1.2 metr (± 5 sm)
- Kabel konnektori: 0.75 mm (2-pinli)