• avtovizitka
• qrkod
• qr contact
• qr vizitka
• qr avtovizitka
Contact with owner — QR kod egasi bilan tez va xavfsiz bog‘lanish tizimi.
Avtomobil, pasport, chamadon yoki boshqa buyumlarga biriktirilgan QR kod orqali egasi bilan qo‘ng‘iroq yoki chat orqali bog‘lanish imkonini beruvchi sodda va samarali aloqa dasturi.
🔧 Dastur imkoniyatlari
🔹 1. QR kod orqali aloqa:
Har bir QR kod skanerlanganda veb sahifa ochiladi yoki mobil ilova o‘rnatilgan bo‘lsa avtomatik ilovaga yo‘naltiriladi.
Ommabop rejimda telefon raqami va qo‘ng‘iroq tugmasi ko‘rsatiladi hamda chat orqali ham aloqa qilish mumkin.
Maxfiy rejimda esa tayyor xabarlar va chat oynasi orqali bog‘laniladi.
🔹 2. Maxfiylik nazorati:
Telefon raqamini ko‘rsatish yoki yashirishni foydalanuvchi o‘zi belgilaydi.
Maxfiy QR kodlar uchun oldindan tayyorlangan 5 ta tezkor xabar mavjud.
🔹 3. Veb chat va mobil ilova integratsiyasi:
Veb chat orqali yuborilgan xabar QR kod egasining mobil ilovasiga darhol yetib boradi.
Foydalanuvchi mobil ilova orqali xabarlarni qabul qiladi va javob bera oladi.
Chat orqali matnli va ovozli xabar yuborish imkoniyati mavjud.
🔹 4. QR kodlarni boshqarish:
Foydalanuvchi bir nechta QR kod yaratishi mumkin.
Har bir kod turli obyektlarga moslashtiriladi (mashina, uy, yuk, hayvon va boshqalar).
Kodlarni yaratish, tahrirlash va o‘chirish imkoniyati mavjud.
🔹 Muhim ma’lumot:
✅ Birinchi yil foydalanish — mutlaqo bepul.
✅ QR kod muddatsiz ishlaydi va o‘chib ketmaydi.
✅ Nakleyka va QR kod bir oy yoki bir yildan keyin bloklanmaydi.
✅ Xarid qilingandan keyin QR kod doimiy faol holatda qoladi.
💰 1 yildan keyingi 15 000 so‘mlik yillik to‘lov nima uchun olinadi?
Bu to‘lov QR kodning o‘zi uchun emas.
Yillik to‘lov quyidagi xizmatlarni davom ettirish uchun olinadi:
• Mobil ilova orqali ma’lumotlarni o‘zgartirish
• Telefon raqamini yangilash
• Chat va xabarlar xizmatini ishlatish
• Server va xavfsizlik tizimlarini qo‘llab-quvvatlash
• QR kod ma’lumotlarini doimiy saqlash
✅ To‘lov qilinmasa ham QR kod ishlashda davom etadi.
✅ Odamlar baribir QR kod orqali egasi bilan bog‘lana oladi.
✅ QR kodning amal qilish muddati cheklanmagan — u doimiy ishlaydi.

