2 litr hajmli qozon kundalik oshxona ehtiyojlari uchun maxsus ishlab chiqilgan. U kichik oila, talabalar yoki 1–3 kishilik taom tayyorlash uchun juda qulay. Hajmi ixcham bo‘lsa-da, ichki sig‘imi sho‘rva, palov, dimlama, makaron va boshqa ko‘plab taomlarni tayyorlash uchun yetarli.
Qozon mustahkam alyumindan tayyorlangan. Alyumin issiqlikni tez qabul qiladi va uni bir tekis taqsimlaydi. Bu esa taomning bir xil pishishini ta’minlaydi hamda ortiqcha kuyishning oldini oladi.
Granit qoplamali turi chizilishga va yopishishga chidamli. Ovqat tagiga yopishmaydi, yog‘ kam ishlatiladi va tozalash jarayoni oson kechadi. Kundalik foydalanish uchun juda amaliy variant.
Issiqqa chidamli shisha qopqoq pishirish jarayonini ochmasdan kuzatish imkonini beradi. Bug‘ chiqish teshigi bosimni me’yorida ushlab turadi.
Gaz va elektr plitalar uchun mos. Engil vazni sababli foydalanishda qulay va qo‘lda bemalol ko‘tariladi.

