Sud-psixiatri Richard Teylor butun faoliyati davomida o‘ziga bergan asosiy savol quyidagicha bo‘lishi mumkin: odamlar nima uchun o‘ldiradi? U o‘z kitobida jinsiy va ta’sirchanlik holatidagi jinoyatlar, moliyaviy manfaatdorlik, psixotik va ommaviy jinoyatlar, go‘daklarni o‘ldirish va terrorizm bilan bog‘liq qotilliklar haqida hikoya qiladi. Bu eng noyob kasblardan biriga ichkaridan nazar tashlash, shuningdek, og‘ir jinoyatlar sodir etgan odamlarning motivlarini tushunishga urinishdir. Ayblovdan so‘ng inson taqdiri qanday hal etiladi? Sud-psixiatri jinoyatchi bilan qanday ishlaydi va aqli noraso deb topilganlarga nima bo‘ladi? Fojiali voqealar takrorlanishining oldini olish uchun nima qilish mumkin? Siz jinoyatchini psixiatrik baholash qanday amalga oshirilishini, shuningdek, muallif sud psixiatri sifatida ishtirok etgan shov-shuvli ishlar haqida bilib olasiz.

