Sautborn dengiz bo‘yi shaharchasida seriyali qotil aholini ta’qib qilmoqda va har bir qurbonning qo‘lida bittadan iz qoldirmoqda: ustiga ism o‘yib yozilgan domino toshi...
Fiona, Syu va Deyzi — kichik xayriya do‘konida ishlaydigan uch nafar dilkash nafaqaxo‘r ayol. Bir kuni ularning "seshanba kungi qahvaxo‘rliklar" va Sautbornning ko‘rkam ko‘chalari bo‘ylab sayr qilishdan iborat osoyishta hayot tarzi sevimli mijozlaridan birining vahshiylarcha o‘ldirilishi tufayli izdan chiqadi.

