Qoshlarni mukammal shakllantirish va bo‘yash hech qachon oson ish bo‘lmagan. Mary Kay® qosh qalami ularning ifodaliligini eng yaxshi tarzda ta’kidlashga yordam beradi. Uning uchi shunchalik ingichkaki, u qo‘llashni nazorat qilish va kerakli joylarga yengil chiziqlar chizish imkonini beradi. Ushbu chidamli qalam yordamida siz rangning intensivligi va xiralashish darajasini osongina sozlashingiz va qoshlaringizni eng qulay ko‘rinishda taqdim etishingiz mumkin.
Qoshlarni parvarish qilish bo‘yicha mahoratingiz qanday bo‘lishidan qat’i nazar, ushbu qalam yordamida o‘zingizni haqiqiy mutaxassisdek his qilasiz. Sochingizning rangiga eng mos keladigan soyani tanlang va yumshoq harakatlar bilan qoshlarga parvarishlangan ko‘rinish, aniq kontur va qalinlik bering. Keyin esa qo‘rqmasdan yangi kunga yuzlaning - mukammal chizilgan qoshlaringiz butun ish kuni, mashg‘ulot paytida va har qanday ob-havo sharoitida shundayligicha qoladi.

