• Rang: qora tayyor sharf ro‘mol
• Material: yumshoq, nafas oladigan mato
• Dizayn: tayyor, boshda chiroyli turadi
Qora rangdagi tayyor sharf ro‘mol har bir ayol uchun universal va doim trendda bo‘ladigan aksessuar. Qora rang klassik bo‘lib, har qanday kiyim bilan oson moslashadi va doimo chiroyli ko‘rinadi. Bu tayyor ro‘mol eng katta qulayligi bilan ajralib turadi o‘rash shart emas, shunchaki kiyib olasiz va tayyor. Kundalik hayotda, ishda, o‘qishda yoki tashqariga chiqqanda juda qulay variant. Kiydim ketdim uslubidagi ro‘mol.
Matosi yumshoq, yengil va nafas oladigan bo‘lib, teriga yoqimli. Boshni siqmaydi, bezovta qilmaydi va uzoq vaqt taqib yurish mumkin. Yozda issiq qilmaydi, qishda esa yengil himoya beradi.
Ro‘mol boshda chiroyli turadi, shaklini yaxshi ushlab turadi va sirg‘alib ketmaydi. Ichki ro‘mol bilan yoki alohida ham bemalol foydalanish mumkin. Sochni tartibda ushlab turadi va umumiy ko‘rinishni yanada ozoda qiladi.
Namoz uchun ham juda mos boshni to‘liq yopadi va qulaylik beradi. Bayram, mehmondorchilik yoki kundalik kiyim bilan ham zo‘r mos tushadi. Yuvishga oson, tez quriydi, rangini yo‘qotmaydi. Uzoq vaqt xizmat qiladi. Agar siz qulay, chiroyli va sifatli ro‘mol izlayotgan bo‘lsangiz aynan shu model siz uchun ideal tanlov.

