Qora goji tarkibida C vitamini, E vitamini, temir, kaliy, kalsiy, aminokislotalar va boshqa foydali mikroelementlar mavjud. Uni kundalik ratsionga qo‘shish organizmni foydali moddalar bilan boyitishga yordam beradi. Meva tabiiy shirin ta'mga ega bo‘lib, choy damlash, smuzi, yogurt, bo‘tqa, desert va boshqa sog‘lom taomlarga qo‘shish uchun juda qulay.
Qora goji damlanganda suvga chiroyli binafsha-ko‘k rang beradi. Bu uning tarkibidagi tabiiy antosianin pigmentlari bilan bog‘liq.

