• Qoplama: granit effektli antiprigar, chizilishga bardoshli
• Qopqoq: issiqqa chidamli shisha
• Tutqich: ergonomik, qizimaydigan plastik
• Plitalarga moslik: gaz, elektr, induksiya
• Foydalanish: qovurish va dimlash uchun ideal
KORKMAZ GRANITA seriyasidagi jarovnyalar — dimlama, zapekanka, go‘sht yoki sabzavotli taomlarni tayyorlash uchun mo‘ljallangan qulay va bardoshli idishlar. Alyuminiy korpusi issiqlikni tez va bir tekis taqsimlaydi, bu esa taomning ichkarigacha mukammal pishishini ta’minlaydi. Granit effektli antiprigar qoplama ovqat yopishib qolmasligini kafolatlaydi va chizilishga bardosh beradi.
Qoplama PTFE va PFOA moddalarsiz ishlab chiqilgan, ekologik xavfsiz va sog‘lom pishirish uchun mos. Issiqqa chidamli shisha qopqog‘i yordamida pishirish jarayonini kuzatish mumkin, ergonomik tutqichlari esa qizimaydigan plastmassadan tayyorlangan. 2,5 L (A1854), 3,5 L (A1263) va 4 L (A1264) hajmlardagi modellari gaz, elektr va induksiya plitalarida ishlaydi.
KORKMAZ GRANITA seriyasi yuqori sifat, nafis dizayn va uzoq xizmat muddati bilan ajralib turadi. Idish yuvish mashinasida yumshoq rejimda yuvish tavsiya etiladi.

