Ushbu katta hajmli organza bantik qizaloqlarning soch turmagiga nafis va chiroyli ko‘rinish bag‘ishlaydi. Yuqori sifatli organza matodan tayyorlangan bo‘lib, bezak gullari va uzun lentalari bilan yanada jozibali ko‘rinadi.
Zakolka sochni mahkam ushlab turadi, sirpanmaydi va kun davomida qulaylik yaratadi. Maktab formasi, ko‘ylak, yubka va bayram liboslari bilan ajoyib uyg‘unlashadi.

