"Sputnik" pioner lageri Chudnoye ko‘li bo‘yida joylashgan bo‘lib, afsonaga ko‘ra, suzuvchi orolda xazina yashiringan va o‘rmonda quyi dunyo ruhlari yashaydi.
Dastlabki kunlardanoq uchinchi smenadagi bolalar o‘zlarini yomon his qilishadi: ko‘lda cho‘kib o‘lganlar ko‘rinadi, "jonlanayotgan" daraxtlar esa o‘rmondan chiqishga yo‘l qo‘ymaydi.
Kechasi birinchi otryaddagi bolalar yashirincha ko‘lga chiqishadi. U yerda ulardan biri otryad boshlig‘i bilan do‘st bo‘lish sharafiga muyassar bo‘lish uchun qon bilan qasamyod qiladi. Shundan so‘ng... o‘zini butunlay boshqa odamdek tuta boshlaydi - lapashang va qo‘rqoqdan dadil va o‘ziga ishongan surbetga aylanadi.
Ertalab lagerda vojatiyning jonsiz jasadi topiladi...

