Qo‘lda to‘qilgan dekorativ korzinkalar to‘plami – uyingizga qulaylik va nafislik olib kiruvchi amaliy organizer. Yuqori sifatli trikotaj ipdan tayyorlangan korzinkalar kosmetika vositalari, parfyumeriya, aksessuarlar, kalitlar, bolalar buyumlari va boshqa mayda narsalarni tartibli saqlash uchun juda qulay.
Korzinkalar mustahkam shaklga ega bo‘lib, zamonaviy va shinam interyerga mukammal mos tushadi. Qo‘lda tayyorlangani sababli har bir mahsulot o‘ziga xos va noyob ko‘rinishga ega. Yotoqxona, mehmonxona, hammom yoki ish stolida foydalanish mumkin.
Afzalliklari:
• Qo‘lda to‘qilgan (Handmade)
• Yuqori sifatli trikotaj ip
• Mustahkam va uzoq muddat xizmat qiladi
• Dekor va saqlash uchun bir mahsulotda ikki yechim
• Kosmetika, aksessuarlar va mayda buyumlar uchun qulay organizer
• Zamonaviy va estetik dizayn
• Sovg‘a uchun ajoyib tanlov
To‘plam tarkibi: 3 dona yoki 2 dona turli o‘lchamdagi korzinkalar, yoki korzinkalarni alohida sotib olsangiz bo'ladi.

