Ushbu qo'lda to'qilgan breloklar yumshoq ipdan tayyorlangan bo'lib, kundalik foydalanish uchun ajoyib aksessuardir. Yurakcha, mushukcha, yo'lbarscha va boshqa turli dizaynlarda tayyorlanadi. Kalit, sumka, ryukzak yoki sovg'a sifatida ishlatish uchun mos. Har bir mahsulot qo'l mehnati bilan tayyorlangani sababli o'ziga xos va takrorlanmas ko'rinishga ega.
Xususiyatlari:
- Mahsulot turi: Qo'lda to'qilgan brelok
- Texnika: Amigurumi (qo'l mehnati)
- Material: Yumshoq velyur ip, metall halqa
- To'ldirgich: Gipoallergen sintepon
- O'lchami: Taxminan 8 sm
- Dizayn: Yurakcha, mushukcha, yo'lbarscha va boshqa modellar
- Rang: Assortimentda
- Qo'llanishi: Kalit, sumka, ryukzak va bezak uchun
- Yosh: Bolalar va kattalar uchun
- Parvarish: Qo'lda iliq suvda yuvish tavsiya etiladi
- Ishlab chiqarilgan mamlakat: O'zbekiston