Bu kimga kerak? (Kimlar uchun moʻljallangan):
• Qoʻl va oyoq terisi quruq, suvsizlangan yoki poʻst tashlaydigan (shelusheniye) insonlar uchun.
• Sovuq fasllarda qoʻl terisi shamollab, yorilganda parvarish qilish uchun.
• Tirsak va tovonlardagi qadoq hamda dagʻallashgan terini yumshatish uchun.
• Tirnoqlar va kutikulani parvarishlash uchun (tirnoq plastinasini mustahkamlaydi, atrofidagi terini yumshatadi).
• Manikyur va pedikyur effektini uzoqroq saqlab qolishni xohlovchilar uchun.
Tavsifi va xususiyatlari:
Bu sovuq parafinoterapiya muolajasi uchun moʻljallangan professional vositadir. Issiq parafinnan farqli oʻlaroq, uni eritish shart emas. Shuning uchun kuyish xavfi yoʻq va hatto terisida mayda tomirlari yaqin joylashgan (kuperoz) insonlarga ham toʻgʻri keladi. Krem tarkibidagi asalari mumi va tabiiy yogʻlar terida himoya qatlamini hosil qiladi, uni chuqur oziqlantiradi, mayda ajinlarni tekislaydi hamda teriga yumshoqlik va elastiklikni qaytaradi. Mahsulot kaktus va papayyaning yoqimli, tropik iforiga ega.
Qoʻllash usuli (Yoʻriqnoma):
1. Tozalash: Qoʻl yoki oyoqlarni yaxshilab yuving. Effekt yanada kuchli boʻlishi uchun skrab yordamida oʻlik terilarni tozalab tashlash tavsiya etiladi.
2. Surtish: Ozroq miqdordagi krem-parafinni kaftlaringizda ishqalab qizitib oling va teriga qalin qatlam qilib surting.
3. Sauna effekti: Qoʻl/oyoqlarga polietilen qoʻlqop (yoki paket) kiying va ustidan issiq tutuvchi sochiq yoki maxsus baxmal qoʻlqop/paypoq bilan oʻrang.
4. Kutish: Vositani terida 15–20 daqiqa davomida qoldiring.
5. Yakunlash: Qoʻlqoplarni yeching va krem qoldiqlarini quruq qogʻoz salfetka bilan artib tashlang. Muhim: krem-parafinni suv bilan yuvib tashlash mumkin emas! Terida yupqa himoya qatlami qolishi kerak.

