Qizdiruvchi robot reabilitatsiya perchatkasi insult, miya shikastlanishi, falaj, qo‘l nervlari va barmoqlar harakati buzilgan bemorlar uchun ishlab chiqilgan professional reabilitatsiya qurilmasidir. Qurilma barmoqlarni avtomatik ochish-yopish mashqlarini bajarishga yordam beradi, mushaklarni faollashtiradi va kundalik reabilitatsiya jarayonini samaraliroq qiladi.Ushbu model maxsus qizdirish funksiyasi bilan jihozlangan. Issiqlik qon aylanishini yaxshilashga, mushaklarning bo‘shashishiga va mashqlar davomida qo‘lning qulay holatda bo‘lishiga yordam beradi. Qizdirish funksiyasi ayniqsa sovuq mavsumda yoki mushaklarda taranglik kuzatilganda juda foydali.

Ko‘plab analoglardan farqli ravishda ushbu robot qo‘lqop akkumulyatordan emas, balki 220V elektr tarmog‘iga ulanib ishlaydi. Shu sababli uzoq vaqt davomida uzluksiz foydalanish mumkin, batareya quvvati tugashi yoki quvvatlashni kutish muammosi bo‘lmaydi. Klinikalar, shifoxonalar, reabilitatsiya markazlari va uy sharoitida foydalanish uchun juda qulay
Robotik pnevmatik texnologiya yordamida barmoqlarni ketma-ket harakatlantirib, qo‘lning egilish va yozilish funksiyalarini mashq qildiradi. Reabilitatsiya davomida qo‘l koordinatsiyasini, ushlash refleksini va motorikani rivojlantirishga yordam beradi.


