• Bo‘yash uchun bo‘yoqlar va flomasterlardan foydalanish mumkin
• Har qanday bayram uchun ajoyib sovg‘a!
• Butun oila uchun maroqli hordiq
• Material: Yuqori darajali eko-gips
• Qo‘lda ishlangan
• Allergiya keltirib chiqarmaydi
• Ko‘p marotaba foydalaniladigan qo‘l mehnati
• Ishonchli va mustaxkam qadoqlash
Rang berish – bu faqat hordiq emas, balki ijodiy rivojlanish imkoniyati hamdir.
Mazkur to‘plam bolalar va kattalarga rang-barang tasavvur dunyosini kashf etish, stressni kamaytirish va vaqtni maroqli o‘tkazish imkonini beradi.
Gipsdan yasalgan figuralar oddiy bo‘yoqli buyumlar emas, balki uyingiz uchun nafis va universal yordamchilardir. Ularni quritilgan gullar yoki kichik o‘simliklar uchun kashpo sifatida, nafis vaza yoki qulay organayzer sifatida ishlatishingiz mumkin. Ularda kosmetik anjomlar, bo‘yanish cho‘tkalari, ruchkalar va boshqa mayda buyumlarni osongina joylashtirish mumkin.
Qo‘ziqorin shaklidagi shkatulka esa taqinchoqlar, tangalar, soch qisqichlari va boshqa mayda narsalarni saqlash uchun jozibali joyga aylanadi. O‘zining o‘ziga xos shakli va qo‘l mehnati tufayli bunday buyumlar nafaqat interyeringizni bezaydi, balki uyingizga qulaylik va uyg‘unlik bag‘ishlaydi.
🖌 Qo‘lda bo‘yash uchun gipsli figuralar – interyeringizga yorqin tus berib va farzandingizning bo‘sh vaqtini mazmunli o‘tkazish uchun ajoyib tanlovdir.Aakril, akvarel bo‘yoqlar yoki flomasterlar bilan bemalol rang berishingiz mumkin.
⚒ Muhim eslatma: Barcha figuralar gipsdan qo‘lda ishlangan bo‘lib, mahsulotda mayda havo pufakchalari yoki deyarli sezilmaydigan teshiklar uchrashi mumkin. Bu nuqson emas – bo‘yashdan keyin ular umuman ko‘rinmaydi!
📦 Har bir figuralar ehtiyotkorlik bilan qadoqlangan, mahsulotlar esa imkon qadar mahkam joylashtiriladi.
✨ Agar siz yoki farzandingiz rang berishni yoqtirsangiz – bu to‘plam siz uchun ideal tanlov bo‘ladi!








