Oldi tugmali, yoqali ayollar koftasi – har kun uchun qulaylik va nafislik
Ushbu kofta maktab, o‘qish yoki ishga qatnash uchun ajoyib tanlov bo‘la oladi. Klassik uslubda tikilgan bo‘lib, old qismi tugmalar bilan yopiladi, yoqasi esa ozoda va jiddiy ko‘rinish beradi.
Bel qismi rezinali bo‘lib, qomatga mos tushadi va qulaylik yaratadi. Uzun yenglari bilan u bahor va kuz kabi salqin ob-havo uchun ayni muddao.
Bu koftani siz shim, yubka yoki jinsi bilan bemalol uyg‘unlashtirishingiz mumkin. Ham kundalik, ham rasmiy muhitga mos keladigan uslub,
Kofta sifatli matodan tikilgan bo‘lib, kundalik foydalanishda ham shaklini yo‘qotmaydi va qulaylikni ta’minlaydi. Tanasiga yaxshi yopishadi, lekin harakatda erkinlik beradi — bu esa uni uzoq vaqt davomida kiyishga moslashtiradi.
Yoqasi klassik tarzda tikilgan bo‘lib, ko‘rinishga ozodalik va tartib bag‘ishlaydi. Tugmali dizayn esa kiyimni kiyganda ham, yechganda ham osonlik yaratadi.
Bel qismidagi elastik tasma tufayli kofta tana bilan yaxshi "ishlaydi" va siluetni chiroyli ko‘rsatadi. Ayniqsa, belni ajratib ko‘rsatishni xohlaydiganlar uchun juda mos.
Keng yengli aynan uzun va to‘g‘ri kesimdagi yenglar salqin kunlarda issiqlikni ushlab turadi va qo‘llarni himoya qiladi.

