Qizaloqlar uchun chiroyli va nafis trikotaj jilet. Bordo rangdagi yumshoq matosi, oq gulchali bezaklari va nafis to‘r detallari mahsulotga yoqimli ko‘rinish beradi. Old qismi tugmalar bilan yopiladi. Kofta, ko‘ylak, vodolazka va boshqa kiyimlar bilan osongina moslashtirish mumkin. Kundalik kiyinish, sayr va bayramona obrazlar uchun mos.

