Qizlar uchun qishki krossovkalar — salqin va sovuq kunlarda kundalik kiyish hamda sayr qilish uchun qulay, issiq bolalar oyoq kiyimi.
Baland model oyoqni yaxshiroq yopib turadi. Ichki qismida yumshoq va issiq astar mavjud. Ushbu qizlar uchun krasofkalar kuz-qish mavsumida kundalik foydalanish uchun mos.
Model pushti va to‘q ranglarning chiroyli kombinatsiyasida tayyorlangan. Keng yopishqoq tasma oyoq kiyimini tez kiyish va yechishga yordam beradi hamda oyoqda qulay mahkamlanadi. Elastik bog‘ichlar tufayli oddiy iplarni har safar bog‘lash talab qilinmaydi.
Taglik kundalik yurish uchun qulay relyefli tuzilishga ega. Yopiq burun qismi oyoq kiyimining old qismini qo‘shimcha himoya qiladi. Baland va yumshoq ustki qismi hamda issiq ichki astari sovuq mavsum uchun qulay yechim hisoblanadi.
O‘lcham va taglik uzunligi:
19 o‘lcham — 12,5 sm
20 o‘lcham — 13 sm
24 o‘lcham — 16 sm
O‘lcham tanlashda bolaning yoshidan ko‘ra oyoq uzunligini o‘lchab, ko‘rsatilgan taglik uzunligi bilan solishtirish tavsiya etiladi.

