Qizaloqlar uchun muslin dvoyka — yozda mazza qilib kiyadigan, yengil va qulay komplekt. 100% paxtadan tayyorlangan muslin mato terini ezmaydi, havo o'tkazadi va issiqda dimlatmaydi. Yengsiz ko'ylakcha hamda shortikdan iborat to'plam har kuni kiyishga, bog'chaga, mehmonga, sayrga yoki rasmga tushishga juda mos.



Chaqaloq bemalol yuguradi, o'ynaydi, harakati cheklanmaydi. Tez yuviladi, tez quriydi, ko'p yuvilganda ham shakli va rangi yaxshi saqlanadi.


