Batafsil tavsif:
Ushbu milliy uslubdagi iroqi do‘ppichali obodok qizlar va qizaloqlar uchun mo‘ljallangan. Mahsulot qo‘l mehnati bilan tayyorlangan bo‘lib, iroqi uslubidagi kichik do‘ppi obodokka mahkamlangan. Yengil, qulay va sochni tartibli ushlab turadi. Bayramlar, milliy tadbirlar, bog‘cha va maktab chiqishlari uchun juda mos. O‘zbek milliy uslubini aks ettiruvchi chiroyli aksessuar hisoblanadi.

