Ushbu zamonaviy va sig'imdor ryukzak — o'qish, ish va shahar bo'ylab sayr qilish uchun mukammal tanlovdir. Koreys uslubidagi trend va estetik dizaynda ishlangan ushbu model har bir qiz va ayolning kiyim uslubiga mos tushadi hamda yorqin urg'u beradi.
Ryukzak yuqori sifatli, mustahkam va suv qaytaruvchi tekstil matosidan tayyorlangan. Kontrast qora va och-krem ranglar kombinatsiyasi unga zamonaviy hamda nafis ko'rinish bag'ishlaydi. Asosiy bo'lma juda keng bo me'yorda yaratilgan bo'lib, unga darsliklar, A4 formatdagi daftarlar, noutbuk, planshet va boshqa shaxsiy buyumlar erkin sig'adi. Old qismida ikkita qulay cho'ntak mavjud: biri fermuarli, ikkinchisi esa mahkamlovchi fasteks qisqichli fermuarli cho'ntak bo'lib, ularga mayda buyumlar, penal va kalitlarni joylashtirish juda qulay. Yon qismlarida suv idishi yoki soyabon uchun maxsus cho'ntaklar hamda ryukzak hajmini sozlovchi tasmalar nazarda tutilgan.
To'plam tarkibiga yoqimli va estetik ko'rinish beruvchi maxsus o'yinchoq-brelok hamda nishonchalar kiradi. Yumshoq va keng orqa tasmalar yelkaga tushadigan og'irlikni teng taqsimlaydi va kun bo'yi qulay yurishni ta'minlaydi. Tepasidagi mustahkam tutqich esa uni qo'lda ko'tarib yurish uchun juda qulay. Maktab o'quvchilari, talabalar va faol qizlar uchun eng ideal hamroh!

