3–8 yoshli qizlar uchun mo‘ljallangan 100, 110, 120,130 razmerlarida ikki qismli bolalar komplekti svitshot va keng bichimli shimdan iborat.
Svitshot erkin bichimda bo‘lib, uzun yengli. Old qismidagi rangli bezakli print kiyim dizaynini to‘ldiradi. Yeng uchlari, yoqa va pastki qismida manjet mavjud.
Shim keng bichimli. Ikki yon tomonidagi oq chiziqlar sport uslubidagi detal vazifasini bajaradi. Bel qismidagi oq shaffof fatin bezak komplektga o‘ziga xos ko‘rinish beradi.
Komplektni kundalik sayr, bog‘cha, mehmondorchilik va boshqa kundalik holatlarda kiyish mumkin. Svitshot va shim birgalikda yoki boshqa kiyimlar bilan alohida kombinatsiya qilinadi.
Komplekt tarkibi:
Svitshot — 1 dona
Shim — 1 dona
Yosh: 3–8 yosh
Jinsi: qiz bolalar uchun
Mavsum: bahor, kuz va salqin ob-havo
Uslub: kundalik, sport uslubida
Svitshot: uzun yengli, erkin bichim
Shim: keng bichimli
Bezak: old print, shim belida shaffof fatin detal
Shim yon qismi: oq chiziqli



