Komplekt tarkibiga dizayniga qarab bayramona yubka va boshga taqiladigan bezakli abadok yoki boshqa dekorativ aksessuarlar kiradi. Har bir obraz o‘ziga xos bezaklari, naqshlari va ranglari bilan ajralib turadi.
Yubkalar hajmli, yengil va nafis ko‘rinishga ega. Bel qismi rezinkali bo‘lib, kiyishda qulaylik yaratadi. Dekorativ bezaklar kostyumga bayramona va ertaknamo ko‘rinish beradi.
Ushbu kostyumlar yangi yil bayramlari, bog‘cha ertaliklari, maktab tadbirlari, karnavallar, sahna chiqishlari, tug‘ilgan kunlar va tematik fotosessiyalar uchun ajoyib tanlovdir.
Qizaloqlar uchun esda qolarli sovg‘a! Sevimli bayramona obrazni tanlab, bolangizga quvonchli va unutilmas taassurotlar ulashing.


