Ayiqcha kashtali djinsoviy mini-ryukzak
Ushbu jinsi ryukzak o'zida yoshlar uslubi, qulaylik va yuqori sifatni jamlagan.

- Sifatli va pishiq material: Mustahkam djinsoviy (denim) mato hamda ekokoja detallari va tekis tubi bilan tayyorlangan.
- O'zgacha dizayn: Ko'zoynakli ayiqcha kashtasi va zamoklaridagi tilla rangli jozibador brelogi ryukzakka o'zgacha ko'rk bag'ishlaydi.

- Qulay va tartibli bo'linmalar:
- Telefon, hamyon va kosmetichka bemalol sig'adigan asosiy bo'linma.
- Mayda buyumlar uchun old tarafdagi zamokli cho'ntak.
- Hujjatlar va pullarni xavfsiz saqlash uchun orqa qismida yashirin cho'ntak.
- Qulaylik: Yelka kamarlarining uzunligini bo'yingizga moslab sozlash mumkin, tepa tutqichi esa qo'lda ko'tarishga qulay.
- Ajoyib sovg'a: Maktab o'quvchilari, talabalar va djinsoviy kiyimlarni xush ko'radigan qizlar uchun ajoyib sovg'a variantidir!