Garant qizlar maykasi bolalar uchun mo'ljallangan yuqori sifatli ichki kiyim bo'lib, 100% tabiiy paxta matodan tayyorlangan. Yumshoq va havoni yaxshi o'tkazuvchi matosi bolaning nozik terisini himoya qiladi, terlashni kamaytiradi hamda kun davomida qulaylikni ta'minlaydi.
Maykaning old qismidagi nafis bezak unga chiroyli ko'rinish beradi. Mustahkam choklari, sifatli matosi va elastik tuzilishi tufayli mahsulot uzoq vaqt xizmat qiladi. Bir necha marotaba yuvilgandan keyin ham shaklini va rangini saqlab qoladi.
Uyda, bog'chada, maktabda yoki kundalik foydalanish uchun juda mos. Bahor, yoz, kuz va qish fasllarida bemalol kiyish mumkin.



