Qizlar uchun zamonaviy va chiroyli 3 qismli troyka to‘plam. To‘plam nimcha, yumshoq jemper va nafis pliseli yubkadan iborat. Zamonaviy dizayni tufayli kundalik sayr, mehmondorchilik, bayram va boshqa tadbirlar uchun mos.
Nimchaning old qismi yumshoq, mayin tukli material bilan bezatilgan bo‘lib, kiyimga chiroyli va zamonaviy ko‘rinish beradi. Jemper yoqimli bej rangda, yenglari qo‘lga yopishib turadigan, yelka qismi esa biroz kengroq fason bilan tikilgan. Yubka esa chiroyli burmali fasoni bilan obrazni yanada nafis ko‘rsatadi.
To‘plamdagi uchala qismni birgalikda yoki boshqa kiyimlar bilan alohida-alohida ham kombinatsiya qilish mumkin. Qizaloqning kundalik va bayramona obrazlari uchun qulay tanlov.
To‘plam tarkibi:
Nimcha
Jemper
Yubka
Materiali: jinsisifat ko‘ja.

