Qizaloqlar uchun zamonaviy oq futbolka nafis turli shakldagi strazlar bilan bezatilgan. Yaltiroq bezaklari kiyimga chiroyli va zamonaviy ko'rinish beradi. Futbolka bog'cha, sayr, mehmondorchilik, tug'ilgan kun, fotosessiya hamda har kuni kiyish uchun juda mos.

Mato tarkibi 85% paxta va 15% spandeks. Paxta havoni yaxshi o'tkazadi, teriga yoqimli va namlikni o'ziga singdiradi. Spandeks esa matoga elastiklik berib, harakatni cheklamaydi hamda kiyimning shaklini uzoq vaqt saqlashiga yordam beradi. Mato yumshoq, yengil, qulay va ko'p marotaba yuvilgandan keyin ham o'z ko'rinishini saqlaydi.

Model dumaloq yoqali, qisqa yengli va qulay bichimda tikilgan. Oqartirilgan jinsi shim, shortik, yubka yoki losin bilan juda yaxshi uyg'unlashadi. Oqartirilgan oq rang yoz fasli uchun ayniqsa mos keladi.
Model kichikroq keladi (malomerka). Kattaroq o'lcham tanlash tavsiya etiladi.
28–30 o'lcham 3–4 yoshdagi qizaloqlar uchun tavsiya etiladi.


